Termizda kurash bo‘yicha musobaqa yakunlandi

  • 07 oktyabr 2019, 06:50
  • 728
  • Sport
  • Termizda kurash bo‘yicha musobaqa yakunlandi
    Foto: Xabar.uz
    Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun XIV an’anaviy Al Hakim At-Termiziy xalqaro turniri boshlangani haqida xabar berilgan edi. Bugun ushbu musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi.

    Umumiy mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan musobaqada 48 davlatdan 130 nafardan ortiq kurashchilar ishtirok etdi. Mutlaq vazn bo‘yicha g‘oliblik O‘zbekiston vakiliga nasib etdi. Boltabek Boltayev finalda Muhsin Hisomiddinovni yengdi va 10 ming AQSh dollari mukofoti bilan taqdirlandi. Finalchi Muhsin Hisomiddinov 5 ming dollar sovringa ega bo‘ldi.

    Mutlaq vaznda uchinchi o‘rin egalariga 3,5 ming dollardan oldi. To‘rt nafar chorak final ishtirokchisi ham 2 ming dollardan rag‘batlantiruvchi mukofot oldi.

    Musobaqaning qolgan barcha vaznlarida g‘olibga 3 ming AQSh dollari, ikkinchi o‘rin egasiga 2 ming va uchinchi o‘ringa ming dollar sovrin beriladi.

    Quyida xalqaro musobaqaning barcha g‘oliblari bilan tanishib olishingiz mumkin:

    Erkaklar
    Boltaboy Boltayev — O‘zbekiston (mutlaq vazn)
    Shaxboz Po‘latov — O‘zbekiston (+100 kg),
    Shaxobiddin Hamroyev — O‘zbekiston (91 kg),
    Erkin Qozoqov — O‘zbekiston (81 kg),
    Mahamadsharif Najmiddinov — Tojikiston (73 kg),
    Sardorbek Jangeldiyev — O‘zbekiston (66 kg),
    Sanjar Saidqulov — O‘zbekiston (55 kg)

    Ayollar
    Rinata Ilmatova — O‘zbekiston (+78 kg),
    Vladlena Guseva — Rossiya (70 kg),
    Iroda Mamashayeva — O‘zbekiston (57 kg),
    Lian Yen — Xitoy Taypeyi (48 kg)

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Termizda kurash bo‘yicha musobaqa yakunlandi