«Barselona» «Sevilya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 07 oktyabr 2019, 07:55
  • 573
  • Sport
  • «Barselona» «Sevilya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
    Foto: Twitter/FCBarcelona
    Ispaniya chempionatining 8-turida «Barselona» o‘z uyida «Sevilya»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar tarkibida gollarni Suares, Vidal, Dembele va Messi urishdi. E’tiborlisi, «Barselona» o‘yinni 9 kishi bilan yakunladi, Arauxo va Dembele maydondan chetlatildi.

    Shu tariqa «Barselona» ochkolari sonini 16taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Peshqadam «Real» bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil qilmoqda. Xulen Lopetegi shogirdlari esa 13 ochko bilan 6-o‘rinda turibdi.

    Barselona - Sevilya 4:0
    Gollar:
    Suares (27), Vidal (30), Dembele (35), Messi (78).
    Barselona: ter Stegen, Serji Roberto, Todibo (Arauxo, 73), Semedu, Pike, Vidal (Rakitich, 70), Artur (Buskets, 65), de Yong, Dembele, Suares, Messi.
    Sevilya: Vatslik, Karrisu, Diyego Karlos, Regilon, Navas, Banega, Fernando, Okampos, Oliver Torres (Jordan, 46), Nolito (Munir, 46), de Yong (Ernandes, 65).
    Ogohlantirishlar: Regilon (22), Karrisu (34), Semedu (39), Dembele (53), Suares (64), Pike (85), Buskets (88).
    Chetlatishlar: Arauxo (87), Dembele (88).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Barselona» «Sevilya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi