Habib Nurmagomedov: «O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchimiz»

  • 07 oktyabr 2019, 20:44
  • 631
  • Sport
  • Habib Nurmagomedov: «O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchimiz»
    Foto: TASS / Demyanchuk Aleksandr
    MMA jangchisi, yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda jang san’ati akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Sankt-Peterburgda o‘tgan Sinergiya global forumi doirasidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

    «O‘zbekistonda kelgusida MMAni rivojlantirib, akademiyamni ochish niyatidamiz. O‘zbekistonda do‘stlarimiz ko‘p. Nafaqat do‘stlarim, muxlislarim ham juda ko‘p. Adashmasam, u yerda 35 million aholi bor. Dunyoning qayeriga borsam ham, o‘zbeklar oldimga kelib, omad tilashadi», – dedi Nurmagomedov.

    Habib, shuningdek, 23 noyabr kuni Toshkentda amakivachchasi Umar Nurmagomedov ishtirokida o‘tadigan GFC-21 musobaqasi «Humo» arenasida o‘tkazilishini ma’lum qildi.

    «Biz u yerda GFC-21 turnirini o‘tkazamiz. Bu – O‘zbekiston tarixidagi ilk MMA musobaqasi bo‘ladi. Adashmayotgan bo‘lsam, turnirni «Humo» arenasida o‘tkazamiz.
    [Bu g‘oyani] hukumat qo‘llab-quvvatlayapti. Musobaqada o‘zbekistonlik 7 nafar, bizning zalimizdan esa 6 nafar jangchi qatnashadi
    », – dedi dog‘istonlik jangchi.

    Habib Nurmagomedovning aytishicha, u navbatdagi jangini kelasi yil mart yoki aprel oyida o‘tkazishni rejalashtirgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Habib Nurmagomedov: «O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchimiz»