00:02 / 08.10.2019
4 120

Vadim Abramov Yaxshiboyev, Hamrobekov, O‘runov va Ahmadaliyevning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi

Vadim Abramov Yaxshiboyev, Hamrobekov, O‘runov va Ahmadaliyevning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov terma jamoaning yakuniy ro‘yxatidan tushib qoladigan futbolchilarni aniqlab oldi.
Unga ko‘ra, Superligada tayanch nuqtasida eng barqaror va kuchli o‘ynayotgan Odil Hamrobekov, hujumkor yarim himoyachi Oston O‘runov, o‘ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadaliyev hamda hujumkor vinger Jasur Yaxshiboyev yakuniy ro‘yxatdan tushib qoldi.

Vadim Abramov terma jamoa ixtiyorida bo‘lib turgan va 5 kun birga mashg‘ulotlarda ishtirok etgan asosan yosh iqtidorli futbolchilar: Hamrobekov, Yaxshiboyev, O‘runov va Ahmadaliyevga javob berib yubordi.

Shu tariqa terma jamoa ixtiyorida 24 nafar futbolchi qoldi. Qoidaga ko‘ra, Yaman va Singapurga qarshi o‘yin qaydnomasiga 23 nafar futbolchi kiritiladi. Vadim Abramov esa qo‘l ostida 24 nafar futbolchi bilan shug‘ullanishda davom etmoqchi.

Hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Ikrom Aliboyev terma jamoa safiga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida 10 oktyabr kuni Toshkentda Yamanga qarshi, so‘ngra safarda 15 oktyabr kuni Singapur bilan kuch sinashadi.

O‘zbekiston terma jamoasining mashg‘ulotlariga ishtirok etayotgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).
Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akbar Ismatullayev ("Metallurg").
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To‘rayev ("Bunyodkor"), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Xurshid G‘iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv").
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Xorfakkan”).

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov Yaxshiboyev, Hamrobekov, O‘runov va Ahmadaliyevning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qildi