13:43 / 08.10.2019
3 420

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga "Bunyodkor"ning yana bir futbolchisi qo‘shildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga "Bunyodkor"ning yana bir futbolchisi qo‘shildi
Bilasiz, ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda olimpiya terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazmoqda.

Milliy terma jamoamiz 10 oktyabr kuni o‘z maydonida Yaman bilan bahs yuritadi. Olimpiya terma jamoamiz esa bugun Janubiy Koreyaga yo‘l oladi va u yerda olimpiyachilarimiz koreyalik tengqurlari bilan bahs olib borishadi.

Milliy terma jamoamizning kechagi mashg‘uloti ham “Jar” stadionida kechdi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, hozirgacha olimpiya terma jamoa safida shug‘ullanayotgan Sanjar Qodirqulov kechadan milliy terma jamoaga qo‘shildi. O‘z navbatida milliy terma jamoa yig‘inga jalb etilgan Oston O‘runov hamda Jasurbek Yaxshiboyev olimpiya terma jamoa ixtiyoriga borib qo‘shilishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga "Bunyodkor"ning yana bir futbolchisi qo‘shildi