23:28 / 08.10.2019
5 524

O‘zbekistonlik MMA ustasi navbatdagi jangidan so‘ng vafot etdi (video)

O‘zbekistonlik MMA ustasi navbatdagi jangidan so‘ng vafot etdi (video)
Aralash jang san’ati (MMA) ustasi 27 yoshli Bekzod Nurmatov (11-2, 7 KO) navbatdagi jangida ishtirok etganidan ikki kun o‘tib vafot etdi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Nurmatov shanba kuni Checheniston poytaxti Grozniyda bo‘lib o‘tgan MMAning Absolute Championship Akhmat 100 (ACA) turnir doirasida ringga ko‘tarilgan. Sportchi 3 raundlik jangda 36 yoshli rossiyalik Beslan Isayevga qarshi ringga chiqib, hakamlarning turfa xil qarorlari bilan ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

Jangdan so‘ng Bekzod Nurmatov hushini yo‘qotgan va koma holatiga tushib qolgan. Shifokorlar unda insult (miyaga qon quyilishi) yuz berganini ma’lum qilgan. Ikki kunlik komadan so‘ng dushanba kuni sportchi shifoxonada vafot etgan. Bugun uning jasadi O‘zbekistonga olib kelinishi rejalashtirilgan.

Quyida Nurmatovning o‘limiga sababchi bo‘lgan so‘nggi jangi videosini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik MMA ustasi navbatdagi jangidan so‘ng vafot etdi (video)