23:41 / 08.10.2019
3 889

Vadim Abramov Lutfulla To‘rayev va "Manchester Siti" haqida gapirdi

Vadim Abramov Lutfulla To‘rayev va "Manchester Siti" haqida gapirdi
O‘zbekiston terma jamoasi Yaman bilan bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bugungi mashg‘ulotlarda Lutfulla To‘rayev ishtirok etmagani bois bosh murabbiydan bu haqda aniq ma’lumot so‘radik.

- Bir necha kundan buyon terma jamoa bilan shug‘ullangan Lutfulla To‘rayev bugun "Bunyodkor" safida "Qo‘qon-1912" bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushibdi...
- Lutfulla To‘rayevni "Bunyodkor"ga qo‘yib yubordik, u Yaman bilan bahsda o‘ynamaydi. Bilasiz yig‘inda 25 nafar futbolchi bor, qaydnomadan esa 23 futbolchi joy oladi. Shu bois kecha 4 nafar o‘yinchini bugun esa To‘rayevga javob berdik.

- Oldinlari terma jamoa futbolchilariga "Barselona" ishtirokidagi o‘yinlarni namoyish etib berishingiz haqida eshitgandik. Bugungi kunda esa "Manchester Siti" o‘yinlarini ko‘rsatayotgan ekansiz. Bundan kelib chiqadiki siz uchun Gvardiola eng kuchli murabbiymi?
- Faqat "Siti" emas, "Liverpul", "Barselona" o‘yinlarini ham ko‘rsatayapmiz. Sababi ular bugungi kundagi eng kuchli jamoalar va bizning o‘yinchilar ham ulardan o‘rnak olishlarini istaymiz. Gvardiola boshchiligidagi jamoa deyarli hammani mag‘lub etayapti to‘g‘rimi? Demak uning jamoasi hozir eng kuchlisi.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov Lutfulla To‘rayev va "Manchester Siti" haqida gapirdi