17:25 / 09.10.2019
3 107

Yaman ustozi: Ertaga Eldor Shomurodovga qarshi alohida reja tuzamiz

Yaman ustozi: Ertaga Eldor Shomurodovga qarshi alohida reja tuzamiz
Ertaga JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mehmonlar ustozi Sami Hasan Al Nash o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Ertangi bellashuv juda muhim. O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynaydi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilamiz xuddi avvalgi 2 ta turdagi kabi.
Hozirgi kunda tarkibimiz aralash. Yoshlar ham, kattalar ham bor. Ertaga siz aralash tarkibni ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekiston terma jamoa hali ham Osiyoning yetakchi jamoasi. To‘g‘ri, oxirgi paytda natijasi pasaygan bo‘lishi mumkin. Lekin biz uchun O‘zbekiston hali ham yetakchi jamoa.

Ertangi uchrashuvda 2 jamoaning imkoniyati bir xil. Guruhimizda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni favorit. Lekin bizning imkoniyatimiz ham yomon emas. Uyda 3 ta o‘yin o‘tkazamiz. Shularda g‘alaba qozonib imkoniyatimizni yaxshilashga urinamiz.

Siyosiy nizo sabab biz Saudiya Arabistonida o‘yinlar o‘tkazyapmiz. U yerda biz o‘zimizni xuddi o‘z uyinizdek his qilyapmiz.

O‘zbekistonda bir necha kuchli futbolchilar bor. Texnik va taktik jihatdan kuchli. Eldor Shomurodov ancha kuchli. Biz ertangi uchrashuvda unga qarshi taktik choralar ko‘rishga harakat qilamiz va unga alohida reja tuzamiz, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaman ustozi: Ertaga Eldor Shomurodovga qarshi alohida reja tuzamiz