08:46 / 10.10.2019
2 274

Mourino "Lion" taklifini rad etdi. Chunki...

Mourino "Lion" taklifini rad etdi. Chunki...
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Lion"da ishlashni istamadi.

Xabar berilishicha, 56 yoshli mutaxassis taklif uchun fransiyaliklarga minnatdorchilik bildirgan, ammo rad javobini bergan. Portugaliyalik mutaxassis Angliya chempionatida ishlashni istamoqda. Bunga sabab, uning oilasi ham Angliyada istiqomat qiladi.

Ayni damda, "Lion" klubi Loran Blan bilan muzokaralar olib bormoqda. Yaqin 2 kun ichida PSJning sobiq bosh murabbiyi bilan kelishuvga erishishlari kutilmoqda.
Avvalroq, "Lion" Arsen Venger va Tiago Motta nomzodlarini ham ko‘rib chiqayotgani ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino "Lion" taklifini rad etdi. Chunki...