15:43 / 10.10.2019
2 362

Yamanga hech qachon yutqazmaganmiz, yutqazmaylik ham

Yamanga hech qachon yutqazmaganmiz, yutqazmaylik ham
Xabaringiz bor, bugun JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin 17:00da "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi.

O‘yin oldidan Yaman haqida qisqacha ma’lumotlarni taqdim etsak.

Yaman futbol assotsiatsiyasi 1962 yili tashkil topgan. Mamlakat futboli rahbari Ahmed Solih al Issa. Terma jamoa uy o‘yinlarini “Al-Tavra Sports Siti” stadionida o‘tkazadi. Ushbu arena 30000 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

Jamoa FIFA reytingida ayni payt 137-o‘rinni egallab turibdi. Yamanliklarni mahalliy mutaxassis Sami Hasan Al Nash boshqarmoqda. Ushbu yurt vakillari qit’a miqyosida katta natijalar qayd etmagan. Ammo ular JCh-2022 saralash bosqichining dastlabki ikki turida Saudiya Arabistoni va Singapur bilan bir xil 2:2 hisobidagi durangga erishishgani e’tiborga molik.

Qolaversa, jamoa Yamandagi siyosiy vaziyat tufayli uy o‘yinlarini Saudiya Arabistonida o‘tkazmoqda. Yamanlik futbolchilar asosan arab davlatlarida faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaman bilan shu vaqtga qadar 4 marta to‘qnash kelgan va barcha o‘yinda g‘alaba qozonganmiz.

09.05.1997. Yaman – O‘zbekiston 0:1
“Ali Muxsin” stadioni. 28000 tomoshabin.
Gol: No‘’mon Hasanov penalti 30

24.08.1997. O‘zbekiston – Yaman 5:1
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20000 tomoshabin.
Gollar: Igor Shkvirin 6, 68, Oleg Shatskix 61, 80, Ravshan Bozorov 67 – Umar al Ariki 31

03.09.2015. O‘zbekiston – Yaman 1:0
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 15000 tomoshabin.
Gol: Aleksandr Geynrix 51

17.11.2015. Yaman – O‘zbekiston 1:3
Doha. 350 tomoshabin.
Gollar: Ahmad Al Sarori 90+2 – Aziz Haydarov 7, Server Jeparov 31, Stanislav Andreyev 50

Navbatdagi o‘yin ushbu jamoalar uchun 5-to‘qnashuv bo‘ladi. O‘ylaymizki, Vadim Abramov terma jamoaga qaytishini ajoyib, esda qolarli chiqishini tilab qolamiz.

10 oktyabr. "Paxtakor" stadioni
17:00. O‘zbekiston – Yaman

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yamanga hech qachon yutqazmaganmiz, yutqazmaylik ham