Abramovning qaytishi omadli chiqdi: O‘zbekiston - Yaman 5:0

  • 10 oktyabr 2019, 19:02
  • 894
  • Sport
  • Abramovning qaytishi omadli chiqdi: O‘zbekiston - Yaman 5:0
    JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuv qiziqarli va tomoshabop tarzda kechdi va yakunda vakillarimiz 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Sanjar Qodirqulov, Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov, Islom To‘xtaxo‘jayev va Igor Sergeyevlar mualliflik qildi.

    Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi ochkolar soni 3 taga yetdi.

    O‘ZBEKISTON – YaMAN - 5:0
    10 oktyabr | "Paxtakor" stadioni | 28571 tomoshabin.
    Gollar: Sanjar Qodirqulov 2, - 1:0 (Dostonbek Hamdamov). Eldor Shomurodov 33, - 2:0 (Farrux Sayfiyev). Jamshid Iskanderov 53, - 3:0 (Sanjar Qodirqulov). Islom To‘xtaxo‘jayev 72, - 4:0 (Jaloliddin Masharipov). Igor Sergeyev 90, - 5:0 (Dostonbek Hamdamov).

    O‘zbekiston: 1.Eldor Suyunov, 4.Farruh Sayfiyev (8.Ikrom Aliboyev, 75), 5.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 3.Xojiakbar Alijonov, 13.Sanjar Qodirqulov, 22.Jamshid Iskanderov (9.Odil Ahmedov, 57), 10.Jaloliddin Masharipov, 7.Otabek Shukurov, 17.Dostonbek Hamdamov, 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 79).
    Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Sharof Muhitdinov, 6.Azizjon G‘aniyev, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 15.Yegor Krimets, 18.Sardor Mirzayev, 19.Akbar Ismatullayev, 23.Xurshid G‘iyosov.

    Yaman: 22.Salim Avad, 2.Al Hamri, 4.Al Radayei (15.Muhammad Salim, 85), 5.Alayeddin Mahdi, 7.Ahmad Al Sarori, 9.Omar Al Dahi, 11.Abdulvasea Al Matari, 12.Ahmad Maher (10.Al Vorafi, 48), 16.Nosir Al Gaxvashi, 17.Mufed Jamol, 20.Emad Mansur (3.Fuad Omar, 71).
    Zaxira: 1.Muhammad Ayash, 23.Salim Jamol Al Xarsh, 6.Abdulaziz Muhammad, 8.Ahmad Abdulrab, 13.Muhammad Mahyub, 14.Munaf Sayid, 18.Ali Xafiz, 19.Muhammad Ali Boqshan, 21.Muhammad Ba Rovis.

    Ogohlantirishlar: Al Vorafi 56, Otabek Shukurov 76.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Abramovning qaytishi omadli chiqdi: O‘zbekiston - Yaman 5:0