23:38 / 10.10.2019
2 940

Putin burnini qanday sindirishgani haqida so‘zlab berdi

Putin burnini qanday sindirishgani haqida so‘zlab berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Zamonaviy sport. Innovatsiyalar va istiqbollar” ko‘rgazmasida bolaligida boks bo‘yicha mashg‘ulotlarda burnini sindirib olgani haqida so‘zlab berdi.

Putin ko‘rgazma davomida Rossiya boks federatsiyasi stendini ko‘zdan kechirishi vaqtida bokschilar bilan suhbatlashgan. Bokschilar unga brilliantlar bilan bezalgan boks qo‘lqopini sovg‘a qilishgan va mashg‘ulotga taklif qilishgan.

Rossiya yetakchisi bu taklifga javoban shug‘ullanishga borgan ilk sport turi aynan boks bo‘lgani, biroq burnini sindirib olgandan keyin uni tashlashiga to‘g‘ri kelgani haqida so‘zlab bergan.

Rossiya prezidentining aytishicha, u shifokorga bormagan va jarohatning bitishi uzoq vaqt davom etgan. Natijada kichkina Putin boksdan boshqa sport turiga ketishga qaror qilgan.

“Men borgan birinchi sport turi boks bo‘lgan. Burnimni sindirishgach, barchasi tez tugagan. Shifokorga bormaganman. Barchasi juda uzoq bitgan. Ancha vaqt o‘tkazib yuborganimdan keyin boshqa sport turiga o‘tganman”, deb eslab o‘tgan Putin.

Putin 10 yoshidan boshlab sambo va dzyudo bilan shug‘ullangan, hozirda qora belbog‘ sohibi hisoblanadi.

Putinning jahon chempionlari bilan uchrashuvi aks etgan videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Putin burnini qanday sindirishgani haqida so‘zlab berdi