00:28 / 11.10.2019
3 189

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailanddagi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailanddagi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda “GSB Bangkok Cup” musobaqasida ishtirok etmoqda.
Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa 2 ta o‘yin kunidan iborat bo‘lib, yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag‘lub bo‘lganlar esa 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishadi.

Bugun O‘zbekiston U-19 terma jamoamiz Janubiy Koreya U-19 termasi bilan bahs yuritdi va 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvda vakillarimiz safida Jasur Jaloliddinov raqib darvozasini bir marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

10 oktyabr | Yarim final
Janubiy Koreya U19 – O‘zbekiston U19 5:1


O‘zbekiston U19: Asadullaxon Polvonov, Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov, Ibrohimhalil Yuldoshev, Xojimat Erkinov, Ibrohim Ibragimov, Jasurbek Jaloliddinov, Sunnatilloxon Hamidjonov, Ruslan Roziyev, Ulug‘bek Xoshimov, Diyorbek Rahimqulov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailanddagi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi