22:06 / 11.10.2019
2 350

Otabek Shukurov: "Xudo xohlasa jahon chempionatiga chiqamiz"

Otabek Shukurov: "Xudo xohlasa jahon chempionatiga chiqamiz"
O‘zbekiston hamda Yaman o‘rtasidagi JCh-2022 saralash bahsidan so‘ng (5:0) terma jamoamiz yarim himoyachisi Otabek Shukurov o‘yin haqida qisacha fikr bildirdi.
"Yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk uchrashuvda g‘alabaga erishdik. Kamchiliklar ham bo‘ldi. Avvalgi bosh murabbiyning uslubi boshqacha edi, bundan tashqari klubda ham o‘zgacha taktikada o‘ynaymiz. O‘yindan-o‘yinga taktika va bir-birimizga ko‘nikib boramiz deb o‘ylayman.

Muxlislarga alohida raxmat aytmoqchiman. Bugun bizni juda yaxshi qo‘llab turishdi.

O‘zimizga bo‘lgan ishonchni orttirish uchun bunday yirik g‘alaba bizga kerak edi. Keyingi o‘yinlarga bundanda yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rib, xudo xohlasa jahon chempionatiga chiqamiz.

Jarohat? Yaqindagina jarohatdan qutilib, maydonga qaytdim. Biroz og‘riq borligiga oqsoqlandim.

Tarkib? To‘g‘risini aytaman. Bunday tarkib men uchun yangilik bo‘ldi, lekin terma jamoaga chaqirilgan barcha futbolchilar shunga munosib. Maydonga kim tushishidan qat’iy nazar, u g‘alaba va mamlakatimiz sharafi uchun o‘ynaydi" - deydi Otabek Shukurov.

Manba: Championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov: "Xudo xohlasa jahon chempionatiga chiqamiz"