The Guardian nazariga tushgan Jasur Jaloliddinov bilan suhbat

  • 13 oktyabr 2019, 06:33
  • 704
  • Sport
  • The Guardian nazariga tushgan Jasur Jaloliddinov bilan suhbat
    Kuni kecha xabar berilganidek Britaniyaning mashhur The Guardian nashri 2002 yilda tug‘ilgan dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.
    E’tiborli jihati Ansu Fati, Mustafa Kapi, Matias Arezolar bilan bir qatorda O‘zbekistonlik yosh iqtidor sohibi Jasur Jaloliddinovni ham e’tirof etdi. O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bilan Tailanddagi xalqaro turnirda ishtrok etayotgan futbolchi biz bilan aloqaga chiqib saytimizga intervyu berdi.

    - Jasurbek , Tailanddagi musobaqani yirik mag‘lubiyat bilan boshladinglar. Balki Osiyo chempionati mezbonligi O‘zbekistonga berilgani futbolchilarga hotirjamlik berayotgandir..
    - Turnir oldidan koreyalik tengqurlarimiz bilan o‘ynashni xohlagan edik. Shunday bo‘ldi ham. Albatta biz istasak, istamasak hotirjamlik bo‘ladi. Chunki hammaga ham bunday imkoniyat berilavermaydi.

    - Janubiy Koreya bilan o‘yindagi natija sizningcha adolatlimi? Hisob o‘yinga mos bo‘ldimi?
    - Tan olish kerak, o‘yin davomida Koreya bizdan ustun bo‘ldi. Hech qanday rejamiz o‘xshamadi. O‘yin davomida biz xotirjamlikka berildik, buning o‘ziga yarasha sababi bor. Biz oldin Belgiya, Fransiya, Shotlandiya bilan bahslarda yaxshi o‘ynab, maksimal natija qayd etgandik. Lekin ishontirib aytamanki biz bundan ko‘prog‘iga loyiqmiz. Chunki Koreya Yevropa jamoalaridan kuchli emas. Bu uchrashuv biz uchun dars bo‘ldi. Endi biz kimga qarshi qanday o‘ynash kerakligini tushunib yetdik.

    - Musobaqadagi tashkiliy ishlar, uchrashuvlarni boshlanish vaqtlari ko‘ngildagidekmi?
    - Tashkilotchilik borasida muammo yo‘q. Uchrashuvlarni vaqtlari biroz noqulayroq. Soat uchda boshlanadi, juda issiq, dim havo nafas olishni qiyinlashtiradi. Shu tarafdan muammoga uchrab o‘zimiz istagan o‘yinni ko‘rsata olmayapmiz.

    - Jahonga mashhur bo‘lgan Britaniyaning The Guardian nashri sizni jahonning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kiritganiga munosabatingiz qanday?
    - To‘g‘risini aytsam kutmagan edim. Birinchi ko‘rganimda uncha tushunmadim. Internetni aylanib ko‘rganimdan keyin anglab yetdim. Mexnat qilishdan to‘htashga haqqim yo‘q endi. Mendan yanayam ko‘pini kutishadi.
    Abdulaziz suhbatlashdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » The Guardian nazariga tushgan Jasur Jaloliddinov bilan suhbat