12:23 / 13.10.2019
4 126

Singapur bosh murabbiyi: “Oʻzbekiston juda kuchli, ammo...”

Singapur bosh murabbiyi: “Oʻzbekiston juda kuchli, ammo...”
JCH-2022 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni - Singapur uchrashuvida maydon egalari 3:0 hisobida gʻalabaga erishishganidan xabaringiz bor. Oʻsha bahsdan keyin mehmonlar ustozi Tatsuma Yoshida oʻz fikrlarini bildirib oʻtgandi.

“Bugungi natija juda yomon, ammo biz maydonda borimizni berib harakat qildik. Oxirigacha taslim boʻlmadik, buni barcha koʻrdi. Biz keyingi bahsda ham shunday harakat qilishimiz kerak. Oʻzbekiston ham juda kuchli, ammo biz toʻxtamoqchi emasmiz, yurishda davom etishimiz lozim.

Bugun ikki jamoa oʻrtasidagi farqni koʻrdingiz. Biz oʻyinimizni yaxshilab borishimiz kerak. Saudiya Arabistoni juda ham yaxshi oʻynadi, ularda konsentratsiya yuqori edi. Harakat qilishda davom etamiz. Ayni paytda bizning darajamiz ulardan keskin farq qiladi, ammo qadamma-qadam, kundan-kunga kuchayib borsak ularga yetib olamiz”, - deydi Tatsuma Yoshida Singapur futbol Assotsiatsiyasi rasmiy saytiga.

Eslatib oʻtamiz, Singapur terma jamoasi navbatdagi oʻyinni 15-oktyabr kuni oʻz maydonida Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Singapur bosh murabbiyi: “Oʻzbekiston juda kuchli, ammo...”