18:16 / 13.10.2019
3 669

Singapur - O‘zbekiston. O‘zaro o‘yinlar tarixi qanday?

Singapur - O‘zbekiston. O‘zaro o‘yinlar tarixi qanday?
15 oktyabr kuni JCh-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Shu kunga qadar bu jamoalar o‘zaro ikki bor to‘qnash kelishgan. JCh-2010 saralashi doirasida kechgan bahslarning birinchisi Singapurda kechgan va unda terma jamoamiz 7:3 hisobida g‘alabaga erishgan. Jamoamiz safida Temur Kapadze, Viktor Karpenko, Server Jeparov (2ta), Vitaliy Denisov, Aziz Ibragimov va Maksim Shatskix mezbonlar darvozasiga gol urishgan.

Toshkentdagi bahsda Aleksandr Geynrix tomonidan urilgan yagona gol jamoamizga qiyin g‘alabani keltirgandi. Keyinroq FIFA bu bahs natijasini bekor qilgan va Singapurga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat yozgan. Bunga Singapur safida maydonga tushishi mumkin bo‘lmagan futbolchi o‘ynagani sabab bo‘lgandi.

Demak, O‘zbekiston ikkala o‘yinda ham Singapurni mag‘lub eta olgan. To‘plar nisbati FIFA hisob-kitobiga ko‘ra 10:3. Aslida esa Singapur darvozasiga 8ta gol urganmiz va 3ta to‘p o‘tkazib yuborganmiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Singapur - O‘zbekiston. O‘zaro o‘yinlar tarixi qanday?