Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan"

  • 14 oktyabr 2019, 08:43
  • 608
  • Sport
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan"
    Angliya termasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yeran Eriksson "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson bilan munosabatlari haqida gapirdi.
    "G‘alati tomoni u bir kuni menga qo‘ng‘iroq qildi va hol-ahvol so‘ramasdan, baqirib ketdi. O‘shanda men Ueyn Runini termaga chaqirmagandim.

    O‘sha paytda u meni o‘ldirmoqchi deb o‘yladim. U menga: "Seni o‘ldiraman", deb aytdi. Biroq o‘sha paytda ko‘z oldimga Angliya termasi keldi va bunday bo‘lishi mumkin emasdi.

    U menga Runi haqida gapirganidan keyin: "Meni tinch qo‘y, o‘zingning ishlaring yaxshimi?", deb javob berdim. Shunda ham u menga baqirib tashlagandi", - dedi shvetsiyalik.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan"