15:20 / 14.10.2019
2 945

Timur Kapadze: "Abramov kelgach hujumkor o‘ynay boshladik" (matbuot anjumani)

Timur Kapadze: "Abramov kelgach hujumkor o‘ynay boshladik" (matbuot anjumani)
JCh-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O‘zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze va darvozabon Abdumavlon Abdujalilov ishtirok etdi.
- Oldingi murabbiy ketgach jamoa o‘yinida nimalar o‘zgardi?
- Singapur davlatiga mehmondo‘stlik uchun rahmat aytamiz. Ajoyib mamlakatda ekanligimizdan xursandmiz. Savolga keladigan bo‘lsak futbolchilar hujumkor o‘ynashni istashgandi, murabbiy o‘zgarganidan keyin ancha hujumkor taktikada o‘ynay boshladik. Biz ayni paytda o‘zbekistonlik muxlislar va mutaxassislar xohlagan o‘yinni namoyish etayapmiz", - dedi Timur Kapadze.

- Singapur terma jamoasi haqida nima deya olasiz?
- Biz barcha raqibni hurmat qilamiz. Singapur ham shular qatorida. Bo‘lajak raqibimiz so‘nggi paytlarda yaxshi natijalar qayd etmoqda. O‘z o‘yinimizni, ya’ni hujumkor tarzda o‘ynashga intilamiz. Singapur safida hujumda tezkor futbolchilar bor, bundan tashqari aqlli murabbiyga ega.

- Ertaga butun o‘yin davomida tashabbusga egalik qilib, hujumda o‘ynamoqchimisizlar?
- Zamonaviy futbolda butun o‘yin davomida hujumda o‘ynab bo‘lmaydi, ammo imkon qadar ko‘proq hujumda harakat qilishga intilamiz.

- Avvalgi murabbiy va hozirgi murabbiy o‘yin uslubida qanday farq bor?
Abdumavlon Abdujalilov: - Biz ancha erkin o‘ynashni boshladik. Kuper vaqtida men terma jamoaga chaqirilmaganman. Abramov bilan "Bunyodkor" klubida ham birga ishlayman. Uni yaxshi bilaman va ko‘proq urg‘uni hujumga qaratishni boshladik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Abramov kelgach hujumkor o‘ynay boshladik" (matbuot anjumani)