O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha poytaxtimizdagi “Jar” stadionida Singapurga qarshi so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotini olib bordi.
Mashg‘ulotlar yakunlangach Doston Hamdamov bilan bo‘lajak o‘yin haqida suhbatlashdik.
- Terma jamoa a’zolarini murabbiylarning ko‘rsatmalarini quvnoq kayfiyatda bajarishga intilayotganini nima bilan izohlash mumkin?
- Umuman olganda buni kayfiyat yaxshiligi bilan bog‘lash o‘rinli bo‘ladi. Yaman bilan o‘yinni esdan chiqarib, oldinda kutayotgan Singapurga qarshi tayyorlandik.
- Keyingi turda qo‘lga kiritilgan uch ochko orqali imkoniyatlarimizni yaxshilab olish ehtimoli mavjud. Demak bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Futbolchilarda bosim yo‘qmi?
- Nasib qilsa vatanmizga g‘alaba bilan qaytishga va xalqimizni xursand etishga harakat qilamiz. Muvaffaqiyat uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
- O‘z o‘yiningiz haqida nima deya olasiz? Boisi Ektor Kuper davrida qanotlarda yakkalanib qolardingiz, endi esa keng maydon bo‘ylab harakatlanyapsiz...
- Har bir murabbiyning o‘ziga yarasha taktikasi va falasafasi bor. Berilayotgan ko‘rsatmalarni mukammal tarzda bajarayotganimiz uchun o‘yinimiz chiqyapti. Boshqa gap yo‘q. Jamoa qay darajada ahil va inoq bo‘lsa, g‘alabalar soni ko‘p bo‘ladi.
- Singapurning eng xavfli nuqtasi qaysi deb o‘ylaysiz?
- Menimcha oldingi chiziq. Ular to‘pni yo‘qotgan zahotiyoq kuchli pressinga o‘tishadi. Munosib va jiddiy qarshilik ko‘rsatishadi deb o‘ylayman. Ikki terma ham uch ochko uchun maydonga tushadi.
Abdulaziz suhbatlashdi
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!