23:36 / 14.10.2019
3 035

Otabek Umarov 23-noyabr kuni Nurmagomedov tashrif buyurishini maʼlum qildi

Otabek Umarov 23-noyabr kuni Nurmagomedov tashrif buyurishini maʼlum qildi
Oʻzbekiston davlat xavfsizlik xizmati oʻrinbosari Otabek Umarov oʻzining “Instagram” sahifasida Nurmagomedovning tashrif buyurishi, Oʻzbekistondagi birinchi marotaba MMA turniri tashkil etilishi borasida izoh qoldirdi.

"Hurmatli doʻstlar! ⠀

Menga MMA sport turi haqida juda koʻp yozishadi. Insonda gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq va ishonchni oshiradigan hamda turli yoʻnalishlardagi sportchilarni birlashtiruvchi ushbu sport turini rivojlantirish haqida takliflar berishadi.⠀

Bu yoʻnalishda ancha ishlarni amalga oshirdik. Buning samaralaridan biri sifatida tez kunlarda oʻtkazilishi kutilayotgan GFC turnirini misol qilishimiz mumkin. Bu Oʻzbekistonda MMA boʻyicha birinchi turnirdir. ⠀

Shou doirasida Oʻzbekistondan yetti nafar, Nurmagomedov zalidan esa olti nafar sportchilar chiqish qiladi. Hamda ushbu turnir doirasida 23-noyabr kuni taniqli sportchi Habib bilan uchrashuv tashkil etayotganimizni maʼlum qilamiz. Uni yuqori darajada tashkil etish uchun imkon qadar harakat qilamiz,“ - deb yozdi Otabek Umarov oʻzining ”Instagram" sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Umarov 23-noyabr kuni Nurmagomedov tashrif buyurishini maʼlum qildi