17:53 / 15.10.2019
3 248

5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida

5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida
UFC ning yarim o‘rta vazn toifasida jang olib boradigan Ben Askren Xorxe Masvidal bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan revansh jangi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men dunyodagi yana eng zo‘r ekanligimni his qilishni xohlayman. Xorxe bilan jangdagi besh soniyada men hech narsani tushuna olmagandim. Qolaversa, Masvidalning ajoyib tizza zarbasi borligini va mening bu borada himoyam zaif ekanliginii bilib oldim.

U bilan revansh bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Keling, UFC nimani xohlayotganini va qanday jang tashkil qilib berishini ko‘raylik ”,- dedi Askren.
Shuningdek, Masvidalning BMF kamari uchun Neyt Dias bilan bo‘lajak jangi haqida ham izoh berdi.

“Marketing jihatidan yaxshi o‘ylangan ish. Menga yigitlarning hech biri yoqmaydi. Lekin ajoyib jang bo‘ladi. Dana jang borasida to‘g‘ri tanlov qabul qildi. Mazkur holat mantiqqa to‘g‘ri keladi", dedi Askren.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida