20:42 / 15.10.2019
3 117

Vadim Abramov: "Singapurga uzoq parvoz qilganimiz o‘yinda baribir sezildi" (matbuot anjumani)

Vadim Abramov: "Singapurga uzoq parvoz qilganimiz o‘yinda baribir sezildi" (matbuot anjumani)
JCh-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O‘zbekiston (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlarni amalga oshira olmadik va uchrashuv oxirigacha asabiy tarzda o‘tdi. Yaxshiki barchasi yaxshi tugadi. Ob-havo baribir yigitlarga ta’sir ko‘rsatdi, uzoq parvoz qildik.

Yarim himoyachilarni almashtirganim sababi yigitlar uzun mavsumni yakunida turishibdi, ularning o‘rniga zaxiradan futbolchilarni tushirdim va o‘yinimiz ancha yaxshilandi.

Qodirqulovning imkoniyatlarini juda yaxshi bilardim. Terma jamoada ayni paytda kim yaxshi tayyor bo‘lsa o‘sha maydonga tushadi. Bugun Sanjar ancha ishonchli o‘ynadi", - deydi Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Singapurga uzoq parvoz qilganimiz o‘yinda baribir sezildi" (matbuot anjumani)