18:11 / 16.10.2019
3 267

Lionel Messi 6 karra "Oltin butsa" sohibi!

Lionel Messi 6 karra "Oltin butsa" sohibi!
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi oltinchi "Oltin Butsa" hisoblanadi.
Ushbu sovrin Yevropaning mavsum yakuniga ko‘ra eng ko‘p gol urgan futbolchiga topshiriladi.

"Oltin Butsa"ni qo‘lga kiritish borasida Messi yetakchilik qilmoqda. Uning asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 4 ta "Oltin butsa" bor.
Argentinalik futbolchi mukofotni ketma-ket 3-mavsum qo‘lga kiritmoqda. Bungacha 2009/2010, 2011/2012, 2012/2013, 2016/2017 va 2017/2018 mavsumlarda g‘olib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi o‘tgan mavsumda 36 ta gol urgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi 6 karra "Oltin butsa" sohibi!