18:20 / 16.10.2019
4 101

Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda?

Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda?
Bugun, O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida bir qancha xabarlar bong urmoqda. Rossiyaning yetakchi saytlarida ham Shomurodov borasida bergan xabarlarda muxlislar fikr qoldirishda ancha faollik ko‘rsatishmoqda. E’tiboringizga Sports.ru saytidagi Shomurodov haqidagi xabarlarga qoldirilgan izohlarni namoyish etamiz.

Anna Poznyakova: Shtuttgart? Bu ikkinchi Bundesligami? Huddi, FNLdagi "Chayka" (Novoperekopskoye) klubi kabi.

Alexander Prokofev: "Real" va "Barsa" ham 100 mlrddan taklif qilishdi. Ammo Shomurodov Rostov bozoridagi palovdan voz kecholmaydi.

Sergey Yagoyan: Hurmatli agent. "Rostov" ham katta pul ishlashga qarshi emas. Faqat, mavsum yakunlanganidan so‘ng, maylimi? Sababi, uni o‘rniga munosib nomzodni xarid qilishimiz kerak va balki uni atrofida o‘yin qurishimiz ham kerakdur. Ehtimol, "Rostov" Rossiyani Yevropada namoyish qilishi mumkin.

Gladiator91: Agar jamoa ChLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqsa, Shomurodovni yana yarim yilcha ushlab turishi kerak.

missMarpl: Shomurodov bilan bog‘liq vaziyatda, agentning so‘zlaridan 3 ta ma’noni tushunish mumkin.
1. Shomurodov boshidanoq "Rostov"ni vaqtinchalik variant sifatida qo‘llagan. U Yevropaga yo‘l olishdagi tramplin vazifasini o‘tashini xohlagan.
(bu har qanday ambitsion o‘yinchi uchun juda o‘rinli)
2. "Rostov" Shomurodovni qo‘yib yuborishni istamayapti
(jiddiy maqsadlarini qo‘yadigan klub uchun bu juda o‘rinli)
3. Shomurodov "Rostov"dan ketishni juda ham xohlamoqda. Agar qishda bo‘lmasa, yozda aniq ketadi (Qishda agent "Rostov"ga teskari qarab ketmaydi, garchi ketishni istashsa ham)

Bu bilan demoqchi bo‘lganim: "Rostov" muxlislari ruhan tayyor turishlari kerak, Shomurodov yaqin vaqtlar ichida jamoada bo‘lmaydi.

fc-psg: Men shunday tushunaman: Shomurodovning agenti uning narxini oshirishni boshladi.

PavelAver: "Shtuttgart"ga o‘tishi kerak. Har holda jamoa kelasi mavsum Bundesligaga yana qaytadi. Germaniyada bizga nisbatan iqtidorlarni tez payqashadi.

maks44: Yozda, uni yanada narxi oshishi mumkin. Buning uchun, "Rostov" ChLga chiqishi kerak. Yaxshisi sabr qilgan va kutgan yaxshi, shunda uni 20 mlnga sotish mumkin.

Russ Ivan: Hatto O‘zbekiston va Xitoydan futbolchilar top-ligalarni e’tiborini tortmoqda. Biznikilar esa hech kimga kerak emas...

Amalfitano: Xo‘sh, "Rostov"da yaxshi narxga 2 ta futbolchi bor. Normann va Shomurodov. Shunday qilib, 10 mln kam. Ayniqsa, u 15 ta yoki undan ko‘p gol ura olsa.

Alexander Norets: "Rostov" qish va ko‘p jihatdan yoz savdosi asosida yangi "bomba" tayyorlashi kerak. Biz skaut bo‘limimizga ishonamiz.

Aleksandr Melnik: Agar "Rostov" chempion bo‘lsa va Shomurodov to‘purar bo‘lsa, bu fantastik va chiroyli mavsum bo‘lardi. Mana bu tarix. Vaqtlar mobaynida, futbolda mana shunday tarixlar ham bo‘lib turadi.
Botirali Mahkamov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda?