20:50 / 16.10.2019
2 946

Aleksandr Yemelyanenko 6.2 kg sof oltinni qo‘lga kiritishi mumkin

Aleksandr Yemelyanenko 6.2 kg sof oltinni qo‘lga kiritishi mumkin
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Yemelyanenko 15 noyabr kuni Baxraynda bo‘lib o‘tadigan Brave SF 29 turnirining Gran-prisida ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Musobaqalar ochiq vaznda o‘tkaziladi.

Yemelyanenko ariza topshirgan yuzlab nomzodlar orasida 15 ta saralangan sportchining orasiga qo‘shilgan. Tez orada tashkilotchilar turnirda qatnashadigan to‘rtta jangchini tanlashadi. Mazkur turnirda yarim final janglari ikki raund va besh daqiqa davom etadi. Final esa uch raunddan iborat bo‘ladi.

G‘olib 100 ming AQSh dollarga hamda KHK ning birinchi jahon chempionligi kamariga ega bo‘ladi. Ushbu kamar 6,2 kg sof oltindan yasalgan .
Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni Moskvadagi Yemelyanenko boks qoidalariga ko‘ra Mixail Koklyayevga ham qarshi jang o‘tkazishi kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Yemelyanenko 6.2 kg sof oltinni qo‘lga kiritishi mumkin