23:18 / 16.10.2019
2 254

Deontey Uaylder Joshua va Endi Ruisdan qay birini tanladi?

Deontey Uaylder Joshua va Endi Ruisdan qay birini tanladi?
WBC yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Deontey Uaylder Endi Ruis va Entoni Joshua o‘rtasidagi revansh jangi borasida o‘z fikrini bildirdi.
Ular 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida jang qilishadi. Uaylderning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi Ruis bilan jang qilishni maqul ko‘radi.

"Ruis bilan jangim yanada ajoyib bo‘lardi. Kim g‘olib bo‘lishidan qat’i nazar, ikkisining o‘rtasidagi juda katta jang bo‘ladi. Ammo men uchun ikkisini orasida Ruis bilan qiyin bo‘ladi deb o‘ylayman.

U og‘ir vaznda birinchi meksikalik chempion bo‘lganligi juda yaxshi. Ularda hech qachon bunday bokschilar bo‘lmagan. Endi haqida avval hech kim bilmagan, lekin hozir ko‘pchilik biladi. Agar men Joshua bilan emas, balki u bilan jang qilsam, bu yanada yaxshi bo‘lardi”,- deya BoxingScene Uaylderning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Deontey Uaylder Joshua va Endi Ruisdan qay birini tanladi?