Boks. O‘zbekistonning 11 bokschisi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finaliga chiqdi

  • 17 oktyabr 2019, 14:50
  • 702
  • Sport
  • Boks. O‘zbekistonning 11 bokschisi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finaliga chiqdi
    Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi
    BAAning Fujayra shahrida boks bo‘yicha o‘smir yigitlar va qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Kecha musobaqaning yarim final bahslari o‘tkazildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Ushbu bosqichga terma jamoamizning 20 nafar vakili yetib borgani haqida xabar bergan edik. Final yo‘llanmasi uchun kechgan janglarda 11 nafar bokschimizning qo‘li baland kelib, bugun bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bellashuvda ringga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yarim final natijalari quyidagicha:

    (Yigitlar)
    -46 kg: Iqboljon Qudratov – Vishvanat Suresh (Hindiston) 1:4
    -48 kg: Asrorbek Shahobiddinov – Yuga Ozaki (Yaponiya) 2:3
    -50 kg: Anvar Boltaboyev – Daiya Kira (Yaponiya) 1:4
    -52 kg: G‘ofurjon Tohirov – Ruslan Kuzebayev (Qozog‘iston) 0:5
    -54 kg: Jahonmurod Imomaliyev – Nursultan Altinbek (Qozog‘iston) 0:5
    -57 kg: Bilolbek Ixvolov – Jeongxeon Park (Janubiy Koreya) 5:0
    -60 kg: Bekzod Bekmurodov – Panuvat Butchan (Tailand) 5:0
    -63 kg: Azizbek Tojiyev – Yelbeg Chuluuntogtok (Mo‘g‘uliston) (Tojiyev 1-raundda raqibini nokautga uchratdi)
    -66 kg: Aloxon Abdullayev – Sultan Babaxanov (Qozog‘iston) 0:5
    -70 kg: Login Petrov – Xuanxuan Pan (Xitoy) 5:0
    -75 kg: Nusratbek Tohirov – Kabatai Mukash Uulu (Qirg‘iziston) 5:0
    +80 kg: Jahongir Zokirov – Diar Roman (Qozog‘iston) (Zokirov 1-raundda raqibini nokautga uchratdi)

    (Qizlar)
    -46 kg: Mohlaroyim Savriddinova – Tiipsatcha Yodvare (Tailand) 0:5
    -48 kg: Sabina Boboqulova – Nominerdene Davaazorig (Mo‘g‘uliston) 5:0
    -50 kg: Feruza Kazakova – Natnicha Chongprongklang (Tailand) 5:0
    -52 kg: Nigina O‘ktamova – Lalita Chaingarong (Tailand) 5:0
    -54 kg: Ruhshona O‘ktamova – Nazerke Serik (Qozog‘iston) 0:5
    -60 kg: Mohira Ahmedova – Nazim Abdixan (Qozog‘iston) 4:0
    -63 kg: Aziza Zokirova – Halfa Humaid (BAA) (Zokirova 2-raundda raqibasini nokautga uchratdi)
    -70 kg: Shahnoza Ergasheva – Valeriya Semyonova (Qozog‘iston) (Semyonova 1-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi)

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boks. O‘zbekistonning 11 bokschisi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finaliga chiqdi