Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi

  • 17 oktyabr 2019, 22:53
  • 547
  • Sport
  • Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi
    O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov Singapurga qarshi JCh-2022 saralash bahsidan so‘ng Ignatiy Nesterovni Manuel Noyerga tenglashtirdi.
    - O‘zbekiston - Singapur o‘rtasidagi uchrashuv haqida qaynday fikrdasiz?
    - Vaziyatlar bo‘yicha tahlil qilsak, ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Agar vaziyatlardan unumli foydalanganimizda bunchalik qiynalmagan bo‘lardik. Lekin futbol shunisi bilan qiziq. Hayajon, havotir kabi tuyg‘ular futbolni yanada chiroyli ko‘rsatadi. Singapur bizga qarshi yaxshi tayyorlangani ko‘rinib turdi.

    - Darvozabonsiz. Bu uchrashuvda urilgan to‘rtta gollarda posbonlarning aybi bormidi?
    - O‘tkazilgan gollarda posbonlarning aybi minimal deb o‘ylayman. Tinimsiz hujumlardan oqibatida baribir gol qo‘yib yuborasiz. Terma jamoamiz hujumda juda yaxshi harakat qildi. Eldor Shomurodov bosh bilan zarba berishi va birga-birdan gol urishi darvozabonning aybi emas. Odil Ahmedov ijrosidagi jarima zarbasiga keladigan bo‘lsak, kiper pozitsiya tanlashda adashdi. U yaqin burchakni yopishga urinib, o‘sha tomonga harakatlandi va Ahmedovning ayyorona zarbasini qaytara olmadi. Eldor haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, bitta vaziyatda u jamoani muqarrar goldan qutqarib qoldi.
    To‘p Suyunovga va ustunga tegib, maydonni tark etdi. Darvozabonning darajasi shu yerda bilinadi. Ko‘p vaziyat bo‘lmaydi, ammo posbon muhim pallalarda muvaffaqiyatli o‘ynasa boshqa futbolchilar ishonch bilan, qo‘rqmasdan harakat qilishadi. Agar Eldor o‘sha vaziyatda gol qo‘yib yuborganda, bahs umuman boshqacha hisobda yakunlanishi mumkin edi. Golga keladigan bo‘lsak, bosh bilan zarba bo‘layotganda to‘p qaysi tomonga ketishini bilmaysiz. Suyunov imkoni boricha harakat qildi, biroz qo‘li yetmadi. Gollarda posbonlarning katta xatosi yo‘q deb o‘ylayman.

    - So‘nggi savol. Ayni damda dunyoning eng kuchli darvozaboni kim?
    - Menimcha (o‘ylanib)... Futbolda yaxshi posbonlar ko‘p va men o‘zimga yoqadiganini aytmoqchiman. Men Mark-Andre ter Shtegenning o‘yinlarini qiziqib tomosha qilaman. Kasilyas ham yoqardi, biroq u faoliyatini yakunladi.

    - Ter Shtegen deganingizga yana bir savol berishga qaror qildim. Matbuotni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz ter Shtegen va Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi asosiy tarkibi borasida biroz tortishib qolishdi. Esingizda bo‘lsa, JCh-2018gacha Manuel Noyer jarohatda edi, biroq bosh murabbiy butun mavsum yaxshi o‘ynagan "Barselona" darvozabonini emas, Noyerni asosiy tarkibda maydonga tushirdi.
    - Lyov juda tajribali murabbiy. Noyer esa jahonning eng kuchli darvozabonlaridan biri. Germaniyada Noyer tirik afsona bo‘lsa, bizda Ignatiy Nesterov. Nesterov formaga qaytishi va yana terma jamoaga chaqirilishi uchun 2-3ta o‘yin yetarli. Ter Shtegen noto‘g‘ri ish qilgan. Posbon "men asosiy darvozabon bo‘lishim kerak" demasligi lozim. Chunki hammasini bosh murabbiy hal qiladi. Ter Shtegenni Noyerdan kuchli deya olmayman. Manuelda kamdan-kam posbonlarda bo‘ladigan qobiliyat bor. Uning reaksiyasi kuchli, egiluvchanligi yaxshi, oyoqda va qo‘lda ajoyib harakat qiladi. Har taraflama kuchli. Lyov Noyerga ishonch bildirdi. "Bavariya" posboni esa uning ishonchini oqladi.

    - Lyov va Noyerga bog‘liq savol. Murabbiylarning sevimli futbolchisi bo‘ladimi?
    - Germaniyada bunday bo‘lmasa kerak. Kim zo‘r bo‘lsa o‘sha o‘ynaydi. Masalan, ikki darvozabon har taraflama kuchli. Biroq tanlashga kelganda murabbiy mayda detallarga ham e’tibor beradi. Agar ularning biri futbolchilarga aytib turishda biroz ustun bo‘lsa, murabbiylar o‘shani maydonga tushiradi. Menimcha, futbolda "sevimli o‘yinchi" degan narsa yo‘q.

    Manba: Championat.asia

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi