Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Qizilqum”ga yutqazdi

  • 18 oktyabr 2019, 17:29
  • 356
  • Sport
  • Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Qizilqum”ga yutqazdi
    O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
    Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

    O‘yinning 26-daqiqasida Suhrob Berdiyevning uzatgan to‘pini Hamidullo Abduhmidov ohista harakat bilan darvozaga yo‘lladi - 1:0.
    Birinchi taymning 45+2-daqiqasida Muhsin Ubaydullayev havolatib to‘pni raqib jarima maydonchasiga uzatdi. Vohid Shodiyev to‘pni qabul qilib oldi va yerlatib darvoza oldida turgan sherigi Salim Mustafoyev tomon yo‘naltirdi. Salim esa yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etdi - 1:1.

    Ikkinchi taymning 67-daqiqasida Vatsadzening boshi bilan oshirgan to‘pini Lustitsa boshi bilan darvozaga yo‘lladi, Muzaffar Abdullayev to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni yana Lustitsaning o‘zi darvozaga joylab qo‘ydi - 1:2.

    “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” - 1:2
    18 oktyabr 2019 yil. Qo‘qon. "Markaziy" stadioni. 3455 tomoshabin.
    Gollar: Hamidullo Abduhamidov 26, - 1:0 (Suhrob Berdiyev). Salim Mustafoyev 45+2, - 1:1 (Vohid Shodiyev). Stiven Lustitsa 67, - 1:2.

    “Qo‘qon-1912”: 33. Muzaffar Abdullayev, 7. Jamshid Hasanov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 11. Timur Hakimov (5. Hojimat Erkinov, 54), 15. Oybek Rustamov, 17. Jahongir Ahmadov, 19. Suhrob Berdiyev (22. Shahboz Erkinov, 62), 20. Iqbol Malikjonov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Hamidullo Abduhamidov (91. Otabek Haydarov, 88), 65. Marko Milich.
    Zaxira: 1. Islom Abdullayev, 4. Sabit Sindarov, 9. Zafar To‘rayev, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 27. Jasur Yoqubov, 72. Alisher Samatov.

    “Qizilqum”: 1. Yevgeniy Cheremisin, 10. Alisher Sanoyev, 11. Jahongir Husanov (89. Doston Ibragimov, 46), 13. Lasha Totadze, 15. Stiven Lustitsa, 17. Salim Mustafoyev, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 25. Azizbek Usmonov, 86. Vohid Shodiyev (77. Ruslan Margiyev, 59), 88. Mate Vatsadze (14. Fayzulla Qambarov, 90).
    Zaxira: 22. Artyom Makosin, 8. Akmal Rustamov, 9. Xumoyun Abdualimov, 19. Mirjalol Qosimov, 78. Saidjamol Davlatjonov, 90. Sunatullo Abdullajonov.

    Ogohlantirishlar: Jahongir Ahmadov 10, Stiven Lustitsa 13, Marko Milich 26, Iqbol Malikjonov 29, Mate Vatsadze 34.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Qizilqum”ga yutqazdi