Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?"

  • 19 oktyabr 2019, 00:42
  • 730
  • Sport
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?"
    Superliganing 22-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - AGMK (0:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

    "Yangi jamoani shakllantirish uchun ma’lum vaqt kerak. Nafaqat futbolda, balki boshqa sohalarda ham shunday. Inson muhitga moslashib, kirishib ketishi uchun vaqt talab etiladi. Bizda yil boshida deyarli barcha chiziqda to‘p suradigan futbolchilar oddiy vaziyatlarda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishgandi. Bundan raqiblar unumli foydalanishdi. Qolaversa, omadimiz ham kelgani yo‘q. Qayerda futbol o‘ynashingizdan qat’iy nazar, ishtiyoq bilan harakat qilish lozim. Shundagina natija bo‘ladi.

    Vadim Abramovning milliy terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lgani «Bunyodkor»ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi? Yo‘q, men unday deb o‘ylamayman. Lekin baribir tashqaridan hamma narsa oson ko‘rinadi. Buni ichkarida turib his qilgan boshqa. Shuning uchun bu haqda biror narsa deyishim mushkul. Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamizga esa omad tilayman", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Bunyodkor" rasmiy sayti.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?"