20:30 / 19.10.2019
2 355

Superliga. "Paxtakor" Samarqandda yirik g‘alabaga erishdi

Superliga. "Paxtakor" Samarqandda yirik g‘alabaga erishdi
Bugun Superliga 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda. Ular orasida "Dinamo" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi.
Uchrashuvda dastlab mezbonlar hisobni ochishgandi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tib, Igor Sergeyev, Sardor Sobirxo‘jayev va Dostonbek Hamdamov darvozani ishg‘ol etib jamoasining navbatdagi g‘alabasini ta’minlashdi.

Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari Samarqandda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
“Dinamo” – “Paxtakor” 1:4
Gollar:
Bobur Qosimov 28, - 1:0 (Amirjon Safarov). Igor Sergeyev 45, - 1:1 (Husniddin G‘ofurov). Sardor Sobirxo‘jayev 45+2, (Odil Hamrobekov). Dostonbek Hamdamov 75, - 1:3 (Husniddin G‘ofurov). Dostonbek Hamdamov 82, - 1:4.

"Dinamo": Botirali Ergashev, Mirkomil Loqayev, Hakimxon Alamxonov, Siroj Hamroyev, Behruz Shodmonov, Akmal Xolmurodov, Bobur Qosimov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Sardor Eminov, Shohruh Abdurahmonov, Amirjon Safarov.
Zaxira: Shohruh Eshbo‘tayev, Shohruh Raimov, Temur Sharipov, Nizom Norov, Bahodir Nasimov, Sanjar Baratov, Komil Sharofiddinov, Obid Hakimov, Dilmurod Karimov.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimets (s), Vladimir Kozak, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Husniddin G‘ofurov, Marat Bikmayev, Humoyunmirzo Iminov, Igor Sergeyev.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov, Shohruh Mahmudhojiyev, Farruh Sayfiyev, Marko Simich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" Samarqandda yirik g‘alabaga erishdi