00:04 / 20.10.2019
1 975

Shota Arveladze: “Futbolchilar chempion bo‘lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi”

Shota Arveladze: “Futbolchilar chempion bo‘lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi”
“Dinamo” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar murabbiyi Shota Arveladze o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Terma jamoadagi o‘yinlardan keyin futbolchilarning yana jamoa o‘yiniga moslashishi qiyin kechadi. Shunga qaramay, futbolchilarimizga rahmat, bugun o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘limda “Dinamo” yaxshi o‘ynadi, hisobni ochdi, ammo bo‘lim yakunida ikkita gol urishimiz jamoamiz natijasiga katta ta’sir qildi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradagi futbolchilarning tushirilishi o‘yinimizni yanada kuchaytirdi va 4:1 hisobda g‘alaba qozondik. Jamoamizda mahorat yuqoriligi va o‘yin jahatdan ustun ekanligimiz ko‘rindi.

- Chempionlikdan keyin jamoani ruhlantirish qiyin kechmayaptimi?
- Bu professionalizm. Axir, futbolchilarimiz chempion bo‘lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi. Chempionatni, raqiblarni va muxlislarni hurmat qilishimiz shart. Bugun jamoamizning chiroyli o‘yini barcha muxlislarni quvontirdi, deb o‘ylayman. Samarqandda ham muxlislar chiroyli o‘yinni olqishlashdi.

- Birinchi davra va ikkinchi davradagi “Dinamo” orasida qanday farq ko‘rindi?
- Bugungi va Toshkentdagi “Dinamo”ga qarshi o‘yinlarimizni eslaydigan bo‘lsak, birinchi davradagi “Dinamo”da ishonch yuqori edi, biz ularni qiyinchilik bilan mag‘lub eta olgandik. Bugun birinchi bo‘lim yakunida ikkita gol urishimiz vazifamizni osonlashtirdi. Bugungi “Dinamo”ga bu o‘yingacha bo‘lgan ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar ta’sir qilmoqda, deb o‘ylayman. Umuman olganda esa, “Dinamo”ni kurashuvchan va jangovar jamoa deb bilaman. “Dinamo” keyingi 4 ta turda ochkolar olib, ligada qolishini tilab qolaman.
Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “Futbolchilar chempion bo‘lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi”