3 332
Semak Shomurodovni qanday to‘xtatishganini aytdi: «Uning harakatlarini o‘rganib chiqdik»
Foto: Zenit
Rossiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan «Zenit» — «Rostov» (6:1) o‘yinidan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan «Zenit» murabbiyi Sergey Semak jamoa himoyachilari «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovni qanday to‘xtatib qolganini aytdi.
«Shomurodov darvoza tomon birorta zarba yo‘llamadi? Biz uning o‘yin uslubini o‘rganib chiqdik. Himoyachilarimizni ajoyib o‘yin bilan tabriklayman. Albatta, birorta gol o‘tkazib yubormaslik ajoyib bo‘lardi, lekin bugungi o‘yin uchun xursand bo‘lishimiz mumkin. Eldor haqida gapiradigan bo‘lsam, yana takrorlayman, u ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda»,— dedi Semak o‘yindan so‘ng.
RPL 13-turi doirasidagi «Zenit» — «Rostov» o‘yinida peterburgliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Eldor Shomurodov esa 77-daqiqada zaxiraga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi