09:43 / 20.10.2019
3 446

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi o‘yin oldidan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Eshitishimizga qaraganda, O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida qo‘shni Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib olgan. O‘yin 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, noyabrda FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda ikkita rasmiy o‘yin o‘tkazadi. Saralash bosqichi doirasida dastlab 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoni mehmon bo‘lsa, keyinchalik 19 noyabr kuni Falastinga qarshi o‘yin orqali ikkinchi davraga start beriladi.

Ayni paytda terma jamoamiz JCh-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bosqichining "D" guruhida 4-turdan keyin 6 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi