11:04 / 20.10.2019
3 160

Valeriy Karpin 6:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Valeriy Karpin 6:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Rossiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan “Zenit” – “Rostov” bahsidan (6:1) keyin mehmonlar ustozi Valeriy Karpin o‘z fikrlarini bildirdi.

“Nega ilk taymda juda sust harakat qildik? Albatta, men uchun buning sababi ma’lum. Jamoaning yarmi terma jamoa yig‘inlaridan qaytib kelishdi. Na hujum, na himoyada, hech qayerda tayyor emas edik. Biz uchun yaxshigina dars bo‘ldi. Bu esa bizning foydamizga ishlaydi degan umiddaman. Agar o‘yinlarga bugungidek yondashsak, bu kabi hisoblar qayd etilaveradi.

Mashg‘ulotlarga qarab shunday natija bo‘lishini kutsa bo‘larmidi? Yo‘q, albatta. Buni qanday taxmin qilish mumkin. Garchand, yana 3ta to‘p o‘tkazib yuborganimizga qaramasdan, ikkinchi taym menga ko‘proq yoqdi. Tanaffusdan so‘ng, hech bo‘lmasa qarshi hujumlar tashkil etdik. Ilk bo‘limda esa, go‘yoki, bolalar va o‘smirlar maktabi tarbiyalanuvchilari erkaklarga qarshi o‘ynagandek taasurot qoldirdi”, – deya qayd etgan Karpin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Valeriy Karpin 6:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?