17:00 / 20.10.2019
3 467

"Yuventus" prezidenti Ronalduga nima sovg‘a qildi?

"Yuventus" prezidenti Ronalduga nima sovg‘a qildi?
“Yuventus” klubi faoliyatidagi 700-golini urgan hujumchisi Krishtianu Ronalduni ushbu tarixiy natija bilan tabrikladi.

Aniqrog‘, turinliklar prezidenti Andrea Anelli kecha A Seriyaning 8-turidan o‘rin olgan “Bolonya”ga qarshi o‘yindan oldin 34 yoshli portugaliyalik futbolchiga egniga uning ismi va 700-raqam tushirilgan “Yuventus” libosini sovg‘a qildi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Yuventus” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U hozircha “keksa sinora” safida jami 51 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 32 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" prezidenti Ronalduga nima sovg‘a qildi?