15:35 / 21.10.2019
2 957

Milliy terma jamoamiz noyabr oyida Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Milliy terma jamoamiz noyabr oyida Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyidagi JCh-2022 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
O‘FA xabariga ko‘ra, 9 noyabr kuni hamyurtlarimizga «Paxtakor» stadionida Qirg‘iziston milliy jamoasi raqib bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoni, 19 noyabr kuni esa Falastin bilan o‘z maydonida bellashadi.
Qirg‘iziston milliy jamoasi ham JCh-2022 saralashining ikkala o‘yinini o‘z uyida, 14 noyabr kuni Yaponiyaga va 19 noyabr kuni Tojikistonga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini
9 noyabr, «Paxtakor» stadioni
17:00 O‘zbekiston - Qirg‘iziston

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Milliy terma jamoamiz noyabr oyida Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi