15:55 / 22.10.2019
3 749

Eldor Shomurodovni Rossiya terma jamoasiga chaqirmoqchi bo‘lishdi

Eldor Shomurodovni Rossiya terma jamoasiga chaqirmoqchi bo‘lishdi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov muxlislardan biri unga qo‘ng‘iroq qilib Eldor Shomurodovni terma jamoaga chaqirishni so‘ragani haqida aytdi.

“Menga qaysidir muxlis qo‘ng‘iroq qilib uzoq gapirdi va jarohat olgan Smolov o‘rniga terma jamoaga Shomurodovni chaqirishim kerakligini aytdi.

Men uning gaplarini eshitgach shunday dedim: Siz haqsiz, u juda iqtidorli futbolchi, biroq men O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini chaqira olmayman”. U jim bo‘lib qoldi. Afsuski, bu holatda uning yuzi qanday ko‘rinishga kelganini ko‘ra olmadim”, - deydi Cherchesov.

Eslatib o‘tamiz, “Rostov” klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov ayni damda RPL to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. Eldor 2015 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodovni Rossiya terma jamoasiga chaqirmoqchi bo‘lishdi