11:00 / 23.10.2019
2 402

Bunisiga nima deysiz? Roy Jonsni ashaddiy raqibi uni hal qiluvchi jangga chorladi...

Bunisiga nima deysiz? Roy Jonsni ashaddiy raqibi uni hal qiluvchi jangga chorladi...
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Bernard Xopkins to‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jonsni jangga chorladi.

"Hey Roy! Men Kankundaman, lekin bu muhim emas. Eng asosiysi faoliyatimiz mobaynida senda bitta g‘alaba va menda bir zafar bor. Xohlasang bu borada aniqlik kiritib olamiz. Istalgan joyda Rossiyada, Xitoyda yoki Yevropada ... Kel jang qilamiz! Zero, kim kuchli ekanligiga oydinlik kiritaylik”-dedi Xopkins.

Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyovning aytishicha, tashkilot ushbu jangni Moskvada tashkil etishga tayyor.

Roy Jons va Bernard Xopkins ringda ikki bor to‘qnash kelishgan: 1993 yilda Jons hakamlarning qaroriga binoan, 2010 yilda esa Xopkins g‘alaba qozongan edi. Rasmiy ravishda ikkala bokschi ham professional faoliyatlarini yakunlaganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bunisiga nima deysiz? Roy Jonsni ashaddiy raqibi uni hal qiluvchi jangga chorladi...