21:06 / 24.10.2019
3 117

WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar egallab turgan o‘rinlar

WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar egallab turgan o‘rinlar
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) oktyabr oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) bu oyda o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qolgan holda 11-o‘rinni band etgan. Ayni vaqtda Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 11-o‘rinni band etdi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida to‘rtinchi, IBF reytingida esa oltinchi o‘rinda bormoqda.

O‘ta yengil (-50,80 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Olimjon Nazarov (19-5, 11 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 14-o‘rinni band etdi. U ilk marta o‘tgan oyda reytingda paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBO Oriental (mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi bo‘lgandi.

Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar joy olishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar egallab turgan o‘rinlar