18:59 / 26.10.2019
2 729

“Paxtakor” — O‘zbekiston Kubogi-2019 sohibi!

“Paxtakor” — O‘zbekiston Kubogi-2019 sohibi!
O‘zbekiston Kubogi finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" — AGMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda “sherlar”ning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Dragan Cheran uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab chiroyli golga muallif bo‘ldi.
60-daqiqada o‘tib borayotgan bir vaqtda uchrashuv hakami olmaliqliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Uni Cheran muvaffaqiyatli yakunlab, jamoasining ikkinchi golini urdi.

77-daqiqada Cheran Jaloliddin Masharipovning uzatmasidan keyin yana bir chiroyli golni urdi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa, “Paxtakor” Superliga chempionligi ketidan kubokka ham ega chiqdi.
O‘zbekiston kubogi / Final
PAXTAKOR - AGMK - 3:0
Gollar:
Dragan Cheran 31, - 1:0. Dragan Cheran 61 penalti, - 2:0. Dragan Cheran 77, - 3:0.

"Paxtakor" (4-2-3-1) — 25.Eldorbek Suyunov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.Sherzod A’zamov, 55.Marko Simich, 34.Farruh Sayfiyev (29.Vladimir Kozak, 86) - 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (15.Yegor Krimets, 89)- 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 17.Doston Hamdamov - 11.Igor Sergeyev (21.Marat Bikmayev, 80).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Alisher Salimov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 19.Shohruh Madmudxojiyev, 43.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 77.Husniddin G‘ofurov.

AGMK (4-3-3) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 33.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov - 3.Erkin Baydullayev, 5.Dilshod Jo‘rayev, 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 46) - 7.Elguja Grigalashvili (8.San’at Shixov, 63), 99.Shahzod Nurmatov (15.Jasur Hakimov, 74), 17.Murod Toshmatov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 11.Zohir Pirimov, 20.Mirg‘iyoz Sulaymonov, 55.Sardor Abdunabiyev, 77.Vladislav Kasminin, 88.Igor Zonich.

Ogohlantirishlar: Akmal Shorahmedov 73, Farrux Sayfiyev 73, Xojiakbar Alijonov 79.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” — O‘zbekiston Kubogi-2019 sohibi!