00:24 / 01.11.2019
2 739

Rossiya Kubogi. «Rostov» «Spartak»ka yutqazdi, Shomurodov esa golli uzatma berdi

Rossiya Kubogi. «Rostov» «Spartak»ka yutqazdi, Shomurodov esa golli uzatma berdi
Foto: Twitter
«Rostov» klubi 31 oktyabr, payshanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi 1/8 finalida «Spartak»ka qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Moskvaliklar safida Jordan Larsson dublga erishgan bo‘lsa, rostovliklar tarkibida Aleksandr Dolgov Eldor Shomurodovning uzatmasini golga aylantirdi. Qayd etish joiz, Shomurodov uchrashuvning 71-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

«Spartak» endi 1/4 finalda SSKA bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Rossiya Kubogi 1/8 final bahsi
«Spartak» – «Rostov» 2:1
Gollar:
1:0 – 43 Larsson, 2:0 – 59 Larsson, 2:1 – 86 Dolgov.
«Spartak» – Maksimenko, Ayrton (Rasskazov, 87), Kutepov, Djikiya, Jigo, Bakayev, Zobnin (Melgarexo, 74), Umyarov, Kral, Ponse (Shyurrle, 77), Larsson.
«Rostov» – Pesyakov, Vilyush (Dolgov, 75), Vedernikov, Chistyakov, Xadjikadunich, Zaynutdinov, Popov (Bayramyan, 67), Saplinov, Glebov, Logashov, Sigurdarson (Shomurodov, 71).
Ogohlantirishlar: Ponse (28), Ayrton (45), Zaynutdinov (53), Djikiya (73).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya Kubogi. «Rostov» «Spartak»ka yutqazdi, Shomurodov esa golli uzatma berdi