23:30 / 01.11.2019
3 056

Konor MakGregorning navbatdagi raqibi deyarli aniq bo‘ldi

Konor MakGregorning navbatdagi raqibi deyarli aniq bo‘ldi
UFC prezidenti Dana Uayt irlandiyalik Konor MakGregorning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Biz hali hech narsa qilganimiz yo‘q. Shuning uchun, nima bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkinligi haqida gapirishni xohlamayman. Ammo bizda Serrone varianti bor", - dedi Dana Uayt.

MakGregor reytingining uchinchi pog‘onasida Donald Serrone esa beshinchi raqam ostida qayd etilgan. Mazkur jang yengil vaznda o‘tkazilishi kerak. Las-Vegas bunga mezbonlik qiladi.

Avvalroq, 31 yoshli irlandiyalik 2020-yil 18-yanvar kuni oktagonga qaytishiga sha’ma qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor MakGregorning navbatdagi raqibi deyarli aniq bo‘ldi