23:17 / 02.11.2019
2 429

"Barselona" 7 daqiqada 3ta gol o‘tkazib, "Levante"ga mag‘lub bo‘ldi

"Barselona" 7 daqiqada 3ta gol o‘tkazib, "Levante"ga mag‘lub bo‘ldi
Ispaniya chempionatining 12-turida "Barselona" klubi "Levante" jamoasi maydoniga safar qilishdi. Qiziqarli kechgan bahsda maydon egalari iroda namoyish qilib g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob birinchi bo‘limning 38-daqiqasida Messining penaltidan kiritgan goli bilan ochildi. Tanaffusdan keyin maydon egalari murabbiyidan yetarlicha ko‘rsatmalar olgan ko‘rinadi 61-daqiqada Kampanya, 63-daqiqada Mayoral va 68-daqiqada Radoya ketma-ket "Barselona" darvozasini aniq nishonga olishdi.

Ispaniya chempionati 12-tur
Levante – Barselona 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar:
0:1 – 38, penalti Messi, 1:1 – 61 Kampanya, 2:1 – 63 Mayoral, 3:1 – 68 Radoya.

Levante – Fernandes, Vezu, Klerk, Postigo, Miramon, Bardi (Rochina, 62), Melero, Radoya, Kampanya (Kabako, 87), Mayoral, Morales (Vukchevich, 82).
Barselona – ter Stegen, Langle, Semedu, Serdji Roberto, Pike, de Yong, Artur (Fati, 66), Vidal (Buskets, 64), Suares (Karles Peres, 41), Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Artur (12), Bardi (52), Grizmann (56), Pike (66), Langle (67), Serdji Roberto (81), Fati (86).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" 7 daqiqada 3ta gol o‘tkazib, "Levante"ga mag‘lub bo‘ldi