23:21 / 02.11.2019
2 543

APL. "Manchester Siti" va "Liverpul" irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi (video)

APL. "Manchester Siti" va "Liverpul" irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi (video)
Angliya chempionatining 11-turida "Manchester Siti" klubi o‘z maydonida "Sautgempton" jamoasini qabul qildi, "Liverpul" futbolchilari esa "Aston Villa" mehmoni bo‘lishdi.

"Manchester Siti" klubi 13-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi, mehmonlar safida Uord-Prouz to‘p muallifi. Gvardiola shogirdlarini sa’y-harakatlariga qaramay birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakun topdi. Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida Aguero va 86-daqiqada Uokerning bittadan kiritgan gollari "shaharliklar"ga qimmatli uch ochko olib berishiga sabab bo‘ldi va g‘alabani tortib oldi 2:1.

"Aston Villa" va "Liverpul" bahsida ham huddi shu vaziyat sodir bo‘ldi. Parallel o‘yindagi kabi voqealar rivoji bir xil takrorlandi. Birinchi bo‘lib Trezege 21-daqiqada maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 87-daqiqasida Robertson hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Mane hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alaba to‘pini kiritdi.

Angliya chempionati 11-tur
Manchester Siti – Sautgempton 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 13 Uord-Prouz, 1:1 – 70 Aguero, 2:1 – 86 Uoker.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Anxelino, Uoker, Fernandino, Gyundogan, de Bryuyne, Bernardu Silva (Foden, 84), Silva (Gabriel Jezus, 46), Sterling, Aguero (Otamendi, 90).
Sautgempton – Makkarti, Bednarek (Adams, 88), Vestergor, Stivens, Valeri (Danzo, 75), Romeu, Xeyberg, Uord-Prouz, Armstrong, Redmond, Ingz (Djenepo, 84).
Ogohlantirishlar: Xeyberg (18), Sterling (40), Gyundogan (89), Ederson (90).

Aston Villa – Liverpul 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar:
1:0 – 21 Trezege, 1:1 – 87 Robertson, 1:2 – 90 Mane.
Aston Villa – Xiton, Mingz, Engels, Gilber (Al-Muxammadi, 69), Targett, Nakamba, Duglas Luis (Xurixeyn, 73), Trezege, Makginn, El-Gazi, Uesli (Kodjia, 86).
Liverpul – Alisson, van Deyk, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, Lallana (Keyta, 84), Xenderson, Veynaldum (Origi, 65), Mane, Salax (Oksleyd-Chemberlen, 65), Firmino.
Ogohlantirishlar: Mane (37), van Deyk (58), El-Gazi (81).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. "Manchester Siti" va "Liverpul" irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi (video)