Rossiyalik bokschi, professional boksning yarim og‘ir (-79,4 kg) vazn toifasi WBO yo‘nalishi chempioni Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) o‘z kamarini himoya qila olmadi.
2 noyabr kuni Las-Vegasda u Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi (WBA) kamarining o‘rta vazndagi amaldagi chempioni, meksikalik Saul Alvaresga (53-1-2, 36 KO) yutqazdi. Jang 11-raundda rossiyalik bokschining nokauti bilan yakunlandi.
36 yoshli Kovalyov uchun bu faoliyatidagi 39 jangdagi to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘ldi, u 34 jangda g‘alaba qozonib (29tasi — nokaut bilan), bir jangda durang natija qayd etgan. 29 yoshli Alvaresda 53 g‘alaba (36tasi — nokaut bilan), bir mag‘lubiyat va ikki durang bor. U professional ringdagi yagona mag‘lubiyatini 2013 yilda Floyd Meyvezerga qarshi jangda qabul qilgan - o‘shanda u 12 raundlik jang yakunida hakamlar ovoziga ko‘ra mag‘lub bo‘lib, WBC va The Ring kamarlaridan mahrum bo‘lgan, WBA kamari amerikalik bokschida qolgandi.
???????? Ковалев - Альварес ????????
— Бокс/ММА (@boxing_mma_se) November 3, 2019
Момент нокаута Ковалеваpic.twitter.com/D79trgWTKA
Sergey Kovalyov 2019 yil fevralida kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi revansh jangini o‘tkazib, Butunjahon boks tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha kamarini (-79,38 kg vazn toifasida) qaytarib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi