21:11 / 03.11.2019
2 758

"Rostov" so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan boy berdi

"Rostov" so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan boy berdi
Bugun Rossiya chempionati 15-turidan o‘rin olgan "Krasnodar" - "Rostov" uchrashuvi o‘tkazildi. Murosasiz bellashuvda mehmonlar ikki to‘p farqidagi g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.

Dastlab Eldor Shomurodov sherigi Ionovga juda qulay tarzda to‘xtatib berdi. Ionov esa darvozani ishg‘ol etdi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ionov jarima maydoni ichidagi mezbonlar himoyachilariga tegib qaytgan to‘pni to‘rga yo‘llab, dublga erishdi.

Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar 2 ta gol urib, durangga erishishdi. Gollarga Ignatev hamda Spayich mualliflik qildi.

"Krasnodar" - "Rostov" 2:2
Gollar:
Ignatev - 90+2, Spayich 90+4 - Ionov 34, 41
"Krasnodar": Safonov, Martinovich, Ramires, Petrov, Spayich, Olsson (Utkin, 46), Vilena, Fernandesh (Namli, 72), Suleymanov, Ari, Berg (Ignatev, 75).
"Rostov": Baburin, Kozlov, Chistyakov, Chernov, Xajikadunich, Popov (Zaynutdinov, 68), Glebov (Sigurdsson, 86), Ionov, Yeremenko, Bayramyan (Saplinov, 79), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Popov (53), Yeremenko (57), Chistyakov (63), Zaynutdinov (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Rostov" so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan boy berdi