09:38 / 05.11.2019
2 235

Kovach “Ayntraxt”dan uchralgan yirik mag‘lubiyatga to‘rt nafar futbolchini aybladi

Kovach “Ayntraxt”dan uchralgan yirik mag‘lubiyatga to‘rt nafar futbolchini aybladi
Allaqachon “Bavariya”ning sobiq ustoziga aylangan Niko Kovach myunxenliklarning Bundesliga 10-turida “Ayntraxt”dan (1:5) uchralgan mag‘lubiyatda jamoaning to‘rt nafar futbolchisini aybladi.
“Bild” nashrining xabariga ko‘ra, shanba kuni jamoa uchrashuvni o‘tkazgach, yakshanba kuni ertalab murabbiy futbolchilar bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Suhbat davomida u “Ayntraxt”ga qarshi bellashuvda to‘rtta futbolchining xatolariga urg‘u bergan. Kovach Serji Gnabrining to‘pni tez tez yo‘qotishini, Kingsli Komanni esa jangovarlik qobiliyati pasayganini aytib o‘tgan. Tyago Alkantara vaqtini yiqilishlar bilan o‘tkazgan bo‘lsa, Jerom Boateng ahmoqona qizil kartochka olganini ta’kidlab o‘tgan Kovach.

Eslatib o‘tamiz, murabbiy va futbolchilar uchrashuvi kuni 3 noyabr kuni ertalab bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, kechki payt “Bavariya” rahbariyati Kovachning iste’foga chiqarilganini e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kovach “Ayntraxt”dan uchralgan yirik mag‘lubiyatga to‘rt nafar futbolchini aybladi