14:44 / 05.11.2019
2 641

Vadim Abramov: “Televideniye xohlasa, Qirgʻiziston bilan oʻyinni translyatsiya qilaversin”

Vadim Abramov: “Televideniye xohlasa, Qirgʻiziston bilan oʻyinni translyatsiya qilaversin”
Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Qirgʻizistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini translyatsiya qilinishiga qarshi emasligini aytdi.

«Oʻyin translyatsiya qilinmasa, stadionga odamlar kiradi va Saudiyaga qarshi repetitsiya ham toʻla stadionda oʻtadi deb oʻylagandim. Futbol muxlislar uchun, biz hech kimga stadionni yopmoqchi emasmiz.

Menga qoʻngʻiroq qilib Saudiyadan qoʻrqyapsizmi, deb soʻrashdi. Yoʻq, biz hech kimdan qoʻrqmaymiz. Agar televideniye bu oʻyinni translyatsiya qilishni xohlasa, marhamat, koʻrsataverishsin. Darvoqe, bizga translyatsiya uchun pul berishmaydi», — deb Abramovning soʻzlarini keltirmoqda Tribuna.uz nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: “Televideniye xohlasa, Qirgʻiziston bilan oʻyinni translyatsiya qilaversin”